Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada qor ko‘chkisi oqibatida bedarak yo‘qolganlar soni 24 kishiga yetdi
Markaziy Italiyada qor ko‘chkisi mehmonxonani bosib qolganidan 4 kun o‘tib tirik qolganlarni topishga hali umid bildirilmoqda, deb aytdi Italiyaning Fuqarolik mudofaasi xizmati rahbari Fabritsio Kurcho.
Kuchli zilzilalar sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qor ko‘chkisi Gran-Sasso tog‘ massividagi mehmonxonani bosib qolgan.
"Bunday og‘ir sharoitlarda ishlayotganlar yana tirik odamlarni topishga harakat qilmoqdalar, shuning uchun umid hamisha bor", deb aytdi Krucho Rai3 telekanali efirida.
Fojia yuz bergan Peskara viloyati rahbariyati bedarak yo‘qolganlar orasida yana bir kishi paydo bo‘lganini ma'lum qilgan. Tirik qolganlardan biri vayronalar ostida senegallik erkak borligini aytgan.
Avvalroq mahalliy OAV 8 kishi, so‘ngra yana besh kishi qutqarib qolinganini ma'lum qilgandi. Bu orada qutqaruv xizmati mehmonxonani bosib qolgan qor massasini o‘lchab chiqdi. Taxmin qilinishicha, binoni 120 ming kub metr qor bosib qolgan. Binoga yopirilgan qor tezligi 100 km/soat bo‘lgan.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025