Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp o‘z ishini boshladi, Bishkekda qulagan samolyot, Afrikada qurolli harakatlar va boshqa xabarlar talqini
O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston va xalqaro hayotda muhim voqealar sodir bo‘ldi, muhim qarorlar qabul qilindi, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan hodisalar sodir bo‘ldi. Ana shu voqea-hodisalarning eng muhim va qiziqarlilari haftalik dayjestda.
Bishkekdagi fojia

Turkiya aviakompaniyasining Gonkongdan kelayotgan yuk samolyoti Qirg‘iziston poytaxti Bishkekdagi Manas aeroportiga qo‘nayotganda falokatga uchradi. Voqealarning to‘liq tafsiloti.
AQShning yangi prezidenti o‘z lavozimiga kirishdi

70 yoshli Donald Tramp 20 yanvarda AQSh kongressida qasamyod qabul qilib, AQSh tarixidagi eng keksa prezidentga aylandi. Saylovoldi kampaniyasidagi chiqishlari, keskin fikr va qarorlar sohibi, AQSh prezidenti saylovida shov-shuvli g‘alaba qozongan Tramp hayoti bilan o‘tgan haftda sodir bo‘lgan eng so‘nggi yangiliklar.
Davos-2017 forumi

O‘tgan haftada Shveytsariyaning Davos dam olish maskanida an'anaviy Butunjahon iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi. Jahon siyosati, biznesi, iqtisodiyoti, texnologiyalari va moliya sohasidagi ko‘zga ko‘ringan shaxslar Shveytsariyaning Alp tog‘laridagi dam olish maskanida to‘planishdi.
Afrika sarhadlarida
Afrikadagi qator davlatlarda bir qancha tarixiy voqealar bo‘lib o‘tdiki, ular bevosita mazkur mamlakatlarning siyosiy va iqtisodiy hayotiga ta'sir etmay qolmadi.
Kot-d'Ivuarda isyonchilar hukumat bilan kelishuvga keldi.

Nigeriyada terrorchilar maktabdan 7 kishini o‘g‘irlab ketishdi.
Senegal Gambiyaning yangi prezidentini qabul qilishga rozi bo‘ldi.
Nigeriya harbiy samolyoti adashib qochqinlar lagerini nishonga oldi: qurbonlar 100dan ziyod.
Gambiya prezidenti mamlakatda favqulodda vaziyat tartibini kiritdi.
Malidagi harbiy bazada sodir etilgan terakt qurbonlari soni 50 nafardan ortdi.
Senegal armiyasi Gambiya bilan chegaralarga safarbar etildi.
BMT Gambiyaning yangi prezidentini qo‘llab-quvvatlovchi rezolyutsiyani qabul qildi.
Gambiyaning sobiq prezidenti iste'foga ketishga rozi bo‘ldi.
Boshqa yangiliklar
Atrofimizdagi olam har 100 yilda emas, har yili o‘zgarmoqda. Bizning soatlarimiz, ko‘zoynaklarimiz, mashinalarimiz va hatto xonadonlarimiz allaqachon "aqlli" bo‘lib ulgurdi, oldinda bizni nimalar kutayotganini bilishni xohlaysizmi?

Jahon axborot agentliklari Xitoyda dunyodagi eng qudratli kompyuter yaratilganini muhokama qilayotgan bir paytda Hi-Tech nashri eng birinchi kompyuter qanday bo‘lgani haqida ma'lumot taqdim etdi.
Ostona shahrida to‘rt yoshli Yernar Alibekovning onasi shahar hokimiyatidan uy-joy muammosini hal etishda yordam ko‘rsatishni so‘ramoqda.
Pauerlifting bo‘yicha sport ustasi, kuch ko‘pkurashi bo‘yicha Butunrossiya musobaqalarining ko‘p karra g‘olibasi Oksana Kosheleva 20 gradus sovuqda ikkita tramvay vagonini joyidan siljitib, bir necha metr relslar bo‘ylab torta oldi.
Olimlar G‘arbiy Antarktika muzlari ostida bir necha o‘n yoriqlar yashiringanini aniqlashdi.
Indoneziyada yashovchi 35 yoshli Sulami kamdan-kam uchraydigan kasallik - ankilozir spondiloartritdan aziyat chekadi. Bu kasallik uning tanasini taxta kabi qotirib qo‘ygan.
Sport va texnologiya olamida
Runi «MYu»ning yangi rekordchisiga aylandi.

Ford kompaniyasi Mustang kabrioletining yangilangan nusxasini taqdim qildi.
Afsonaviy Nokia brendining bozorga qaytishidan keyingi ilk smartfoni Nokia 6 bo‘ldi va u faqatgina Xitoyda taklif qilindi. Smartfon bir daqiqa ichida sotib bo‘lingan.
Yevropaning Airbus aviasozlik korporatsiyasi joriy yil oxirida muqobil parvoz qiluvchi taksi prototiplarining sinovini o‘tkazishi mumkin.
Mavzuga oid
13:09 / 18.05.2025
«Abadiy jangga tayyor» Rossiya, Trampni pulga ko‘mgan arablar – hafta dayjesti
18:19 / 11.05.2025
Ritorikasi o‘zgargan Tramp, Putindan ruxsat ololmagan Qodirov – hafta dayjesti
16:12 / 04.05.2025
G‘alabani «o‘g‘irlagan» Tramp, maqsadi o‘zgargan Rossiya – hafta dayjesti
19:58 / 27.04.2025