Katta majlisda Sh.Mirziyoyevning tanqidlari, chiroqsiz qolayotgan aholi tashvishi, prezidentning Qoraqalpog‘istonga safari
Mana, navbatdagi hafta ham ortda qoldi. O‘tgan kunlar davomida O‘zbekistonning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ko‘plab sohalarida qator o‘zgarishlar, yangiliklar sodir bo‘ldiki, ularning eng saralari bilan sizni umumiy tarzda tanishtirib o‘tamiz.
Katta majlis. Shavkat Mirziyoyevning tanqidlari
14 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish hamda respublika hukumatining 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. aytib o‘tish lozimki ushbu majlisda tanqidiy fikrlar juda ko‘p bo‘ldi, keskin qarorlar qabul qilindi. Jumladan, «O‘zneftmahsulot» raisi majlis jarayonida ishdan bo‘shatildi plastik kartochkalarni muomalaga kiritishdan ilgari barcha mexanizmlar puxta ishlab chiqilmagani borasida so‘z yuritildi Rustam Azimov tanqidga uchradi Ushbu majlis tafsilotlari.
Jamiyat muammolari
Guruch ko‘rmaksiz bo‘lmaydi. Olib borilayotgan islohotlar yo‘lida, albatta, biror bir kamchilik uchraydi. Uni darhol bartaraf etish mas'uliyati o‘rtaga chiqadi.
Qashqadaryo viloyatidagi Shahrisabz tumanining elektr ta'minoti yaxshi emasligi, bu aholi turmush tarziga jiddiy ziyon yetkazayotgani haqida maqola e'lon qilindi.
Samarqandda giyohvand moddalar kontrabandasi bilan shug‘ullangan guruh tashkilotchisi qo‘lga olindi.
Bugungi kunda to‘yxonalarimizda kelin-kuyovlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, xatolar va ularning yot madaniyatlarga ko‘r-ko‘rona ergashayotganlari haqida mushohada.
Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi qizil chiroq yonib turganida ham harakatlanishda davom etib, piyodani urib ketishiga bir baxya qolgan haydovchining harakatiga loqaydlik bilan qaradi.
Chet davlatlarga borib, mo‘may daromad topaman, deb vijdonini sotayotgan vatandoshlar haqida bir onaning hikoyasi.
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahri yaqinida jiddiy yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Qurbonlar borligi haqida aytilgan.
Samarqand aholisi elektr energiyasining tez-tez o‘chirilishidan aziyat chekmoqda. Hech kim elektr quvvati qachon o‘chishini oldindan taxmin qila olmaydi.
Haj safari
So‘nggi yillarda haj ziyoratiga borish istagini bildirganlarning soni oshib borayotganini e'tiborga olib, 2017 yildan o‘zbekistonlik fuqarolar uchun yangi haj kvotasi belgilandi
O‘zbekistonlik fuqarolar uchun haj kvotasi deyarli 40 foizga oshirildi.
O‘zbekiston fuqarolariga Haj ziyoratiga borishda ba'zi cheklovlar qo‘llangani haqidagi xabarlarga izoh berildi.
O‘zbekiston haj delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yanada oshirishga qaratilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan uchrashish va muloqot qilish maqsadida 20- 21 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi. Davlat rahbari ushbu hududda olib borilayotgan islohotlarga o‘z fikrini bildirar ekan, ayrim sohalarda ko‘ngli to‘lmayotganini ham izhor etdi. Tanqidiy fikrlarini bildirdi. Masalan, Sh.Mirziyoyevning fikricha Ijro organi rahbarlarining eng kattasidan kichigigacha oyog‘i yerdan uzilgan Shunindek u hudud rahbari, prokurori, soliqchisi - hammasi o‘zini o‘ylashi, xalqni hech kim o‘ylamasligi haqida tashvishlanib gapirdi
Boshqa jabhalarda
Islom Karimov haykali qayerga o‘rnatilishi ma'lum bo‘ldi.
O‘zbekiston turoperatorlariga valyuta qabul qilishga ruxsat berildi.
Ichki ishlar vazirining unvoni ko‘tarildi.
Mahalliy dori vositalari va tibbiy buyumlarini sezilarli darajada past narxlarda xarid qilish imkoni paydo bo‘ldi.
Davlat mulkini xususiylashtirish soddalashtirildi.
O‘zbekistonda xorijga chiqish uchun ruxsatnoma (stiker) bekor qilinishi kutilmoqda.
O‘zbekiston valyutaning erkin konvertatsiyasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Toshkent shahrida “Hilol-nashr” nashriyot-matbaa korxonasining markaziy kitob-axborot majmuasi ochildi.
Avstraliyada davom etayotgan «Ulkan toj» turkumiga kiruvchi Australian open musobaqasini o‘zbekistonlik Denis Istomin muvaffaqiyatli o‘tkazishda davom etmoqda.
Mavzuga oid
23:53 / 30.09.2024
Ozarboyjonda o‘zbekistonlik harbiylar ishtirokida «Mahorat-2024» qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari boshlandi
19:53 / 16.09.2024
O‘zbekiston AQSh bilan bojxona sohasidagi hamkorlikka oid bitimni imzoladi
20:49 / 02.09.2024
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi respublika bilan aloqalarning rivojlanishi haqida gapirdi
20:37 / 31.07.2024