Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyadagi qamoqxonadan 14 mahbus qochib ketdi
Braziliyaning markazidagi Goyas shtatidagi qamoqxonalardan biridan 14 mahbus qochib ketdi, deb xabar bermoqda Globo telekanali.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, mahbuslardan biri qo‘qqisdan qo‘riqchiga hujum qilib, undan qurolini tortib olgan. So‘ngra boshqa bir qo‘riqchini turma eshigini ochishga majbur qilgan. Qochoqlardan birortasi hali ushlanmagan.
Braziliyada 2017 yil boshi qamoqxonalardagi bir qator isyonlar bilan boshlandi. Braziliya tarixidagi bunday isyonlardan eng yirigi Manaus shahrida 1 yanvarda yuz berdi. O‘shanda ikki raqib guruhning o‘zaro ixtilofi sababli boshlangan tartibsizliklarda 50 dan ko‘proq odam halok bo‘lgan.
Shundan keyin Braziliya hukumati axloq-tuzatish muassasalarini isloh qilish dasturini qabul qilgan. Braziliyada aksariyat turmalar me'yoridan to‘lib-toshgan.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
19:37 / 01.05.2025