O‘zbekiston | 22:18 / 23.01.2017
10609
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi "Odamlarning ishonchini oqlash uchun qanday qarorlar qabul qilinishini kuzatish juda qiziq"

23 yanvar kuni poytaxtdagi "International Hotel Tashkent" mehmonxonasida "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi" loyihasining jamoatchilik muhokamasi dasturiga start berildi. Unda davlat hukumati organlari vakillari hamda jurnalistlar bilan birga bir qator xorijiy diplomatik korpuslar vakillari ham ishtirok etishdi. Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Violen de Vilmor mediahaftalik to‘g‘risida o‘z fikrini bildirdi. 

"Biz mazkur mediahafta haqida yaqindagina xabar topdik, aholining Harakatlar strategiyasi loyihasi borasidagi fikrini bilish biz uchun juda qiziq. Brifinglarda mamlakatning kelgusidagi rivojlanishi bo‘yicha qanday choralar ko‘rilishi va qanday islohotlar kutilishiga doir izohlar berilmoqda. Bularning barchasi bizda ijobiy kayfiyat uyg‘otmoqda va umid bermoqda. Odamlarning ishonchini oqlash uchun qanday qarorlar qabul qilinishini kuzatish juda qiziq. Ushbu mediahafta aholining bu loyihadan nimalar kutayotganini bilish imkonini beradi. Xalq bilan muloqot juda katta ahmiyatga ega. Ta'kidlash joizki, bu yerdagi muhit juda ijobiy".

Mavzuga oid