Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda xotira chiplari ishlab chiqaruvchi zavodga 30 mlrd dollar sarmoya kiritiladi
Xitoyning chiplar ishlab chiqaruvchi davlat kompaniyasi Tsinghua Unigroup Nankin shahrida xotira modullari ishlab chiqaruvchi 30 mlrd dollarlik zavod qurish rejasini ma'lum qildi.
Oxirgi yillarda mikrosxemalar ishlab chiqaruvchi bir qator kompaniyalarni sotib olgan Tsinghua hozirda Uxanda xotira chiplari ishlab chiqaruvchi 24 mlrd dollarlik zavod qurilishida ishtirok etmoqda.
Nankindagi zavod DRAM chiplari va 3D NAND flesh-xotiralari ishlab chiqaradi. Kompaniya xabarida aytilishicha, loyihaning birinchi bosqichi 10 mlrd dollarga aylanadi. Zavodning 1-bosqichi amalga oshirilgandan keyingi ishlab chiqarish quvvati oyiga 100 ming yarimo‘tkazgichli plastinani tashkil qiladi. Zavod qurilishi yakunlanishi va to‘liq ishlab chiqarish quvvatiga chiqishi sanalari ma'lum qilinmagan.
Hozirda Xitoy kuchli yarimo‘tkazgichlar sanoatini yaratish bo‘yicha anchagina sa'y-harakatlarni amalga oshirmoqda. O‘tgan yili Xitoy hukumati mahalliy yarimo‘tkazgichlar sanoatini mustahkamlash bo‘yicha loyihalarga 10 yil davomida 160 mlrd dollar sarmoya kiritish rejalarini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025