La-liga. "Barselona" "Eybar"ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Ispaniya chempionatining 19-turida "Barselona" "Eybar" maydoniga safar qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv kataloniyaliklarning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.
Denis Suares 31-daqiqada, Messi esa 50-daqiqada gol kiritdi.
Luis Suares hamda Neymar ham o‘z hisobiga bittadan gol yozib qo‘yishdi.
Ushbu o‘yindan so‘ng "Barselona" 41 ochko to‘plagan holda 3-o‘rinda bormoqda. "Eybar" esa 26 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.
Eybar – Barselona 0:4 (0:1, 0:3)
Gollar: 0:1 – 31 Suares, 0:2 – 50 Messi, 0:3 – 68 Suares, 0:4 – 90 Neymar.
Eybar – Yoel, dos Santos, Luna (Rivera, 82), Kapa, Lejyen, Eskalante, Dani Garsiya, Gonsales (Riko, 74), Leon, Inui (Penya, 78), Enrik.
Barselona – ter Stegen, Mate, Umtiti, Alba, Serdji Roberto (Aleish Vidal, 65), Rakitich, Buskets (Suares, 10), Turan, Neymar, Messi, Suares (Pako Alkaser, 76).
Ogohlantirishlar: Eskalante (26), Kapa (39), Turan (42), Enrik (44).

Mavzuga oid

11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari

09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar

21:21 / 11.05.2025
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi

18:36 / 07.05.2025