Light | 20:15 / 23.01.2017
50053
2 daqiqa o‘qiladi

Musulmon sayyohlar dam olishi uchun eng yaxshi mamlakat nomi ma'lum bo‘ldi

Birlashgan Arab Amirligi Malayziya va Turkiyani ortda qoldirib, musulmon sayyohlar uchun eng yaxshi dam olish maskani deya e'tirof etildi. Bu haqida Gulf News nashri xabar berdi

2016-2017 yillar Islom iqtisodiyoti global hisoboti ma'lumotlariga ko‘ra, shariatda izn berilgan - halol sayyohlik yo‘nalishlaridagi obektlar darajasi o‘lchandi.

Reyting o‘rinlari turli ko‘rsatkichlar - musulmonlarning parvoz qilishlari uchun yaratilgan qulayliklar, ovqatlanish, ibodat uchun joy, dam olish maskanida ayollarga taqdim etiladigan sohil xizmatlar turlariga ko‘ra taqsimlandi. 

O‘tgan yili butun dunyo musulmonlari sayohatlarga 554 milliard dirham sarflashgani ma'lum bo‘ldi. Taqqoslash uchun - sayyohlar olamidagi eng katta bozorni tashkil etuvchi xitoyliklar 617 milliard dirham sarflashgan. 

"Dunyoda borgan sari halol yo‘nalishlar va sayyohlik xizmatlariga bo‘lgan talab ortib bormoqda", - dedi Xalqaro Halol Akkreditatsiya forumi bosh kotibi Muhammad Solih Badriy. 

Forum halol mahsulotga yagona standart belgilash uchun hozirga qadar 20 a'zo, jumladan Saudiya Arabistoni va BAAning akkreditatsiya bo‘yicha rasmiy organlarini jalb qilgan.

Ikki mamlakat halol mahsulotga umumiy hisobda 126 milliard dirham sarflaganligi ma'lum bo‘ldi. 

Forumning boshqa a'zolari - Amerika Qo‘shma Shtatlari, Pokiston, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Misr, Tailand, Iordaniya, Argentina, Meksika, Vengriya, Italiya, Hindiston, Braziliya va Filippinning sertifikatlovchi idoralari vakillari.

Mavzuga oid