Jahon | 15:23 / 23.01.2017
5421
2 daqiqa o‘qiladi

Tailandda ro‘y bergan suv toshqinlari 80dan ortiq inson umriga zomin bo‘ldi

Tailandning janubiy viloyatlarida ro‘y bergan suv toshqinlari oqibatida 85 nafarga yaqin inson hayotdan ko‘z yumgan, yana 4 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda. Bu haqda, mamlakat IIV halokatlar markazi rahbari doktor Chatchay Promlet Uchinchi milliy telekanal efirida ma'lum qilgan

O‘tgan haftada IIV halok bo‘lganlar soni 80 nafarga yetgani haqida xabar qilgan edi. 

Promletning so‘zlariga ko‘ra, suv sathi Ranong, Krabi, Trang, Chumpxon va Pachuab Kirikxan viloyatlarida pasaymoqda. Biroq, Surattxani, Nakxon Sitxammarat, Songkla, Pxattxalung va "chet janub" viloyatlari hisoblanuvchi, Malayziya bilan chegaradosh Yalla, Narativat va Pattani viloyatlarida vaziyat jiddiy qolmoqda. Xususan, Narativatda favqulodda holat e'lon qilingan. Suv toshqinlarida 1,7 mlnga yaqin kishi u yoki bu darajada zarar ko‘rgan. 

Tailand janubidagi suv toshqinlari yangi yilning ilk kunlarida boshlangan edi. Bunga yanvar oyiga xos bo‘lmagan kuchli va davomli yog‘ingarchilik kuzatilgani sabab bo‘lgan. 

Mavzuga oid