Jahon | 00:47 / 24.01.2017
5195
2 daqiqa o‘qiladi

Liviyada bir qator yozuvchilarning kitoblari musodara qilindi

Foto: TWITTER @GhaithShennib

Liviyaning sharqidagi hukumatga bo‘ysunuvchi Liviya milliy armiyasi bo‘linmasi dunyoviy turmush tarzini targ‘ib qiluvchi G‘arb va Yaqin Sharq yozuvchilarining o‘nlab kitoblarini musodara qildi.   

Bu haqda tvitterda braziliyalik mashhur yozuvchi Paulo Koelo ma'lum qildi

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, taqiqlov ostiga nafaqat uning asarlari, balki amerikalik Den Braun, faylasuf Fridrix Nitsshe, Nobel mukofoti sovrindori, misrlik Nagib Mahfuz asarlari tushdi. "Men Braziliya elchixonasi bilan bog‘lanmoqdaman. Ular uncha ko‘p narsa qilisha olmaydi, biroq men kitoblarimni yoqishayotganiga chidab tura olmayman", deb yozgan Koelo liviyalik jurnalistlar bergan ma'lumotlarga iqtibos keltirgan holda. Biroq kitoblar yoqilgani haqidagi xabarlar boshqa manbalardan olinmagan.  

Koelo yerda changda yotgan kitoblar suratini ham chop etgan. Mahalliy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu holat Tobrukdan Bengaziga kitoblar olib ketilayotganda yuz bergan. Kitoblar sotuvga chiqarilishi kerak bo‘lgan. 

Mavzuga oid

E`lonlar