Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mediahaftaning 2-kuni: Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari
Ma'lumki, shu kunlarda "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi" loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag‘ishlangan mediahaftalik bo‘lib o‘tmoqda. Bugun 24 yanvar, seshanba kuni yana bir ustuvor yo‘nalish taqdimoti bo‘lib, muhokamaga qo‘yildi - Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari.
Bugungi yo‘nalish bo‘yicha taqdimotda davlat organlari vakillaridan - O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining o‘rinbosari Nodir Jo‘rayev, Oliy Majlis Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Botir Matmuratov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Akmal Burxonov va Nodirjon Muxtorov, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Yesemurat Kanyazov, O‘zbekiston Advokatlar palatasi raisi Ravshan Ahmedov, Prezident huzuridagi Sudyalikka nomzodlarni tanlash va tavsiya qilish bo‘yicha komissiya vakili Abduhamid Komilov, Bosh prokuratura Axborot xizmati rahbar o‘rinbosari Umid Muhammedov va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi Xolmo‘min Yodgorov ishtirok etdi.
Mutaxassislar o‘z sohalari bo‘yicha 2017-2021 yillardagi Harakatlar strategiyasiga kiritilgan bir qator loyihalar haqida so‘z yuritishdi. Unda sud hokimiyatining mustaqilligini ta'minlash, sudlarni ixtisoslashtirish, ma'muriy sudlarni tashkil qilish masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Yangi Harakatlar strategiyasiga kiritilgan loyihalardan biri sudyalarning huquqiy mustaqilligi nuqtai nazaridan ularga nisbatan muddat belgilanishini nazarda tutadi. Loyihaga ko‘ra, sudyalarga dastlab 5 yillik sinov muddati belgilanadi, keyingi muddat 10 yillikni o‘z ichiga qamrab oladi, undan keyin esa muddatsiz davr tizimi joriy etiladi. Ta'kidlash joizki, muddatsiz tizim tushunchasiga 65 yoshgacha bo‘lgan davr kiradi. O‘zbekiston Qonunchiligiga ko‘ra, 30 yoshdan oshgan mutaxassisgina sudya lavozimini egallashi mumkin.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025