Fan-texnika | 20:53 / 24.01.2017
6924
1 daqiqa o‘qiladi

Mitsubishi yangi krossoverining ilk suratini namoyish qildi

Foto: motor.ru

Yaponiyaning Mitsubishi Motors kompaniyasi Eclipse deb nomlanuvchi va Nissan Qashqai modeliga raqobatchi bo‘lishi kutilayotgan yangi krossoverining ilk fotosuratlarini namoyish qildi. Uning rasmiy taqdimoti mart oyidagi Jyeneva avtoshousida bo‘lib o‘tadi. 

Yo‘ltanlamas dizayni ikki xil turli modifikatsiyada namoyish etilgan XR-PHEV kontsepti uslubida ishlab chiqilgan. Ulardan biri 2013 yilda, ikkinchisi 2015 yilda taqdim qilingan edi. 

2015 yil namunasidagi XR-PHEV II kontsept-kari

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yangi krossover modernizatsiyalashgan Outlander platformasida ishlab chiqiladi. Unga 1.5 litrli, 120 ot kuchiga ega benzinli turbomotor va 2,2 litrli dizel dvigateli o‘rnatiladi. 

Eclipse krossoveri ishlab chiqilganidan so‘ng, kompaniya yangi avlod Outlander ustida ishlaydi. 

Mavzuga oid