O‘zbekiston-Xitoy vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi
2017 yilning 24 yanvar kuni Pekin shahrida O‘zbekiston-Xitoy vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. Xitoy tomonidan XXR tashqi ishlar vaziri yordamchisi Li Xueylay boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muzokaralar davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlarning holati va ularni chuqurlashtirish istiqbollari hamda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinning 2016 yil 21 22 iyundagi O‘zbekistonga tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni batafsil muhokama qilindi.
Uchrashuvda bo‘lajak yuqori va oliy darajadagi tashriflarga tayyorgarlik jarayoni ko‘rib chiqildi.
Shu kunning o‘zida Pekin shahrida Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining xavfsizlik sohasida hamkorlik bo‘yicha quyi qo‘mitasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tib, unda mazkur sohadagi hamkorlik sarhisob qilindi va istiqbollari belgilab olindi, xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024