Fan-texnika | 19:46 / 24.01.2017
3609
2 daqiqa o‘qiladi

YouTube Shimoliy Koreya dasturlari namoyish qilinadigan ikki akkauntni o‘chirib tashladi

YouTube videoxostingi o‘z ichiga Shimoliy Koreya yangiliklar va ko‘ngilochar dasturlarini oladigan ikki akkauntni o‘chirib tashlapdi. Bu haqla NK News saytiga iqtibos keltirgan holda NK News xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 17 yanvarda 5 ming kishi obuna bo‘lgan, sayohatchi Emil Truskovskiyning akkaunti o‘chirib tashlangan. U Shimoliy Koreyaga tashriflaridan roliklarni joylashtirib borgan. Shu kunning o‘zida vetnamlik millatchi Vu Nam Fyongning kanali to‘sib qo‘yildi. Bu kanalda Shimoliy Koreya televideniyesi roliklari bo‘lgan. YouTube akkauntlarning o‘chirib tashlanishiga "ulardagi roliklar vidoyeservis mavzusiga mos kelmasligini" sabab qilib ko‘rsatgan. 

NK News’ning fikricha, akkauntlar AQShning Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalari sababli o‘chirib tashlangan. Xususan, 2016 yil martidan AQSh fuqarolariga Shimoliy Koreyaning g‘aznachilik, targ‘ibot va tashviqot departamenti bilan ish olib borish taqiqlangan.  

Avvalroq YouTube Shimoliy Koreya davlat televideniyesi  kanalini to‘sib qo‘ygani ma'lum bo‘lgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid