Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda prezident yadroviy zarba berishini taqiqlovchi qonun loyihasi ko‘rib chiqiladi
AQSh kongressiga prezidentga biror davlatga urush e'lon qilmasdan, yadroviy zarba berishni taqiqlovchi qonun loyihasi ko‘rib chiqish uchun kiritildi. Bu haqda Foreign Policy xabar bermoqda.
Qonun loyihasi mualliflari senator-demokrat Edvard Marki va kongressmen-respublikachi Ted Lyu hisoblanadi. Ta'kidlanishicha, bunday taqiqlov sobiq prezident Barak Obama vaqtida muhokama qilina boshlagan va hech qanday natijaga olib kelmagan. Biroq Donald Tramp hokimiyat tepasiga kelishi bilan bu masala bo‘yicha muzokaralar yana boshlandi.
"Yadroviy urush insoniyatga jiddiy tahdid qiladi. Ayni vaqtda prezident Tramp terrorchilarga qarshi yadroviy zarba berish mumkinligini taxmin qildi. Afsuski, AQSh qonunchiligi ixtilof vaqtida ogohlantiruvchi zarba berish imkoniyatini qoldirib, prezidentga bunday huquqni beradi", deb aytdi senator Marki.
Uning fikricha, boshqa yadroviy davlat bilan ixtilof vaqtida yadroviy urush tahdidi oshadi.
"Kongress dunyoda barqarorlikni saqlab qolish uchun harakat qilishi kerak va AQSh qanday holatlarda yadroviy zarba beradigan birinchi davlat bo‘lishi shartlarini aniq ko‘rsatishi lozim", deb ta'kidlab o‘tdi kongressmen Lyu.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh va Rossiya o‘rtasida yadroviy kurolni simmetrik tarzda qisqartirishning imkoni yo‘qligini aytgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025