O‘zbekiston | 11:24 / 25.01.2017
14626
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyati hokimligida yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Kecha Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibida Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2017 yil uchun ish rejasini tasdiqlash, viloyat hokimi Sh. Abdurahmonovning “2016 yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda iqtisodiyotni isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirishlar va modernizatsiyalashni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha 2017 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risida”gi hisoboti, viloyat prokurori M. Egamberdiyevning “2016 yilda Andijon viloyatida qonuniylik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to‘g‘risi”dagi ma'ruzalari tinglandi va muhokamaga qo‘yildi.

Viloyat hokimi o‘zining hisobot ma'ruzasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tanqidiy va keskin ruhda tahlil qilib, ularni bartaraf etish yo‘llari va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan batafsil to‘xtalib o‘tdi. 

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Elmurod Ermatov

Mavzuga oid