Jamiyat | 00:24 / 25.01.2017
25134
3 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda yangi tug‘ilgan chaqaloqning buvilari uni sotmoqchi bo‘lishdi

Buxoroda yangi tug‘ilgan o‘g‘il bolani uning buvisi va buvisining onasi 6 ming dollarga sotmoqchi bo‘lishdi, deb yozmoqda "Inson va qonun" nashri.

Qashqadaryo viloyati Muborak shahrida yashovchi Nazifa Xudoyorova (ismlar o‘zgartirilgan) Rossiyaga pul topgani ketayotib, qizi Mujgonani onasi qaramog‘iga tashlab ketishga qaror qiladi.

"Xavotir qilma. Ko‘z qorachig‘idek saqlayman", deb aytadi buvi nabirasi boshini silab. Qiz uchun buvisi beozorgina edi.

"Onajon, ogoh bo‘ling, biror hol yuz bermasin", deb iltimos qilgan Nazifa onasidan.

Ko‘p vaqt o‘tmay Nazifaga qizi homilador bo‘lib qolgani haqidagi gaplar yetib boradi. Shundan keyin u ishini tashlab uyiga qaytadi.

"Endi nima qilamiz? Odamlar Mujgonaning homiladorligidan xabar topsa, uyat bo‘ladi, axir turmushga chiqmagan qiz ona bo‘lishi isnod-ku", deb o‘zini-o‘zi koyiydi Nazifa.

U biroz o‘ziga kelgach, onasi bilan birga qizini Qashqadaryodan Buxoroga olib ketadi. Qiz Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida davolanadi. Bu tibbiy muassasada ishlovchi Shoxista Shaxriyorova ayollarga ularning muammosini hal qilishda yordam berishga va'da beradi. 

Mujgona ko‘zi yoriguncha Shaxriyorovaning uyida yashaydi. Tibbiyot xodimi bu "savob ishga" o‘z hamkasblarini ham jalb qiladi. Vaqti-soati yetib kelib, Mujgona Peshku tumani tibbiyot birlashmasining perinatal bo‘limida o‘g‘il farzandni dunyoga keltiradi.

Bola tug‘ilishi har doim odamlar uchun quvonchli hodisadir. Biroq buvi bo‘lgan Nazifa bundan, aksincha, dili xufton edi.

Ular boladan tezroq qutulib, Qashqadaryoga qaytishni istashardi. Bolakay uchun tezda xaridor ham topildi. Shaxriyorova bolani 6 ming dollarga baholaydi. Biroq u bu qabihlikni amalga oshira olmadi. Huquq-tartibot muassasalari ishchilari "Odam savdosi" moddasiga tushuvchi bu jinoyatni fosh qilishdi.

Umidjonning yaqinlari, bir oilaning uch avlod vakili – Maxfirat Suyunova, Nazifa Xudoyorova va Mujgona Xudoyorova endi o‘z qilmishlari uchun qonun oldida javob berishlariga to‘g‘ri keladi.

Mavzuga oid