Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Somali poytaxtida terrorchilik sodir etildi, qurbonlar bor
Sharqiy Afrika mamlakati Somali poytaxti Mogadishu shahrida amalga oshirilgan terrorchilikda kamida 14 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 50dan ortiq odam yaralangan. Ikkita avtomobilga o‘rnatilgan bomba portlashi va qurollangan jinoyatchilarning Somali parlamenti binosi yaqinidagi mehmonxonaga hujum qilishi shunday ayanchli oqibatlarga olib kelgan. Bu haqda Anadolu agentligi xabar qilmoqda.
Ichki xavfsizlik vaziri Abdurazzoq Umar Muhammadning aytishicha, "Al Shabab" jangarilarining "Dayah" mehmonxonasiga hujumi oqibatida 10 fuqaro va 4 nafar jangari halok bo‘lgan, 51 kishi yaralangan.
Ushbu hududdagi politsiya kapitani Muhammad Mustafning so‘zlariga ko‘ra, "Dayah" mehmonxonasi hukumat rasmiylari ko‘p tashrif buyurishi bilan mashhurdir.
Mavzuga oid
14:56 / 14.03.2025
AP: Isroil va AQSh Sudan va Somaliga G‘azo sektoridan falastinliklarni qabul qilish taklifi bilan murojaat qildi
16:24 / 06.02.2025
O‘zbekiston va Somali o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi
14:31 / 28.11.2024
Xorijdagi xalqaro terrorchilik tashkilotiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi
09:20 / 05.08.2024