Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2017 yilda oylik ish haqi hamda pensiya miqdori kamida 10 foizga oshiriladi
Ma'lumki, 26 yanvar kuni Harakatlar strategiyasi muhokamasiga bag‘ishlangan mediahaftalik doirasida ijtimoiy sohani rivojlantirishdagi ustuvor yo‘nalishlar ma'lum qilindi.
Ijtimoiy sohani rivojlantirish yo‘nalishda birinchi ko‘rilayotgan masala - aholining real daromadlarini oshirish va uning turmush darajasini yaxshilash.
Ma'lum qilinishicha, oxirgi 4 yilda o‘rtacha ish haqi ikki barobar, minimal ish haqi esa ikki barobardan ko‘proq oshirilgan.
2016 yil misolida ko‘radigan bo‘lsak, jami aholi daromadlari 17 foizga oshishi ta'minlanganligi qayd etildi. Real daromadlar esa 9 foizdan ko‘proq bo‘lishi ta'minlangan.
O‘rtacha ish haqi (2016 yilda) 1 million 300 ming so‘mga yaqinlashgan. O‘rtacha pensiya miqdori esa 490 ming so‘mdan oshgan.
Harakatlar strategiyasidagi ustuvor yo‘nalishlar asosida ish haqi, pensiyalarni bosqichma-bosqich ko‘tarish rejalashtirilayotgani ta'kidlandi. 2017 yilda ularning miqdorini kamida 10 foizga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek aholi daromadlariga nisbatan belgilanuvchi soliq yukini kamaytirish maqsad qilingan.
Mavzuga oid
18:05 / 06.02.2025
2024 yilda aholi daromadlarining real o‘sish sur’ati 8,1 foiz bo‘ldi
17:18 / 06.10.2021
Harakatlar strategiyasi uchun 5 yilda 114 trln so‘m va salkam 31 mlrd dollar sarflangani ma'lum qilindi
17:04 / 17.04.2021
Birinchi chorakda aholi daromadlari 9,8 foizga oshdi
11:34 / 18.01.2019