Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple Hindistonda smartfon ishlab chiqarmoqchi
Apple kompaniyasi top-me¬ne¬jye¬rlari Hindiston hukumati vakillari bilan mamlakatning axborot texnologiya markazi hisoblanuvi Bangalo¬r shhrida iPhone ishlab chiqarish rejasini muhokama qilish uchun uchrashishdi. Hindiston savdo vazirligi uchrashuv bo‘lganini tasdiqladi, biroq uning mavzusini aytishni istamagan.
Times of India nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Apple o‘z zavodini Tay¬vanning Wistron kompaniyasi bilan hamkorlikda qurishi mumkin. Kompaniyaning smartfonlar global savdosi oshmayapti va shu sababli u Hindistonda ta'sirini oshirmoqchi.
Hozir Apple o‘z smartfonlari va boshqa mahsulotlarini hindistonlik distribyutorlar orqali sotmoqda va u bozordagi ulushi bo‘yicha Samsung hamda Xitoyning Xiaomi, Oppo va Lenovo kabi brendlaridan ortda qolmoqda.
Hindistonda smartfon ishlab chiqarish salohiyati juda katta. Ma'lumotlarga ko‘ra, Hindistonda smartfondan foydalanuvchilar soni bir yil ichida 18 foizga, ya'ni 300 mln kishigacha oshgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
16:44 / 22.05.2025