Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA 2020 yilda Marsga "Umid" zondini uchirishni rejalashtirmoqda
2020 yilda Birlashgan Arab Amirliklarining "Umid" nomli zondi qo‘shni sayyora – Marsga uchiriladi. Bu haqda dasturning loyiha-menejyeri Omran Sharif Dubayda bo‘lib o‘tgan Project Space Forum anjumanida ma'lum qildi.
Zondning "qizil sayyora"ga parvozi 7 oy muddat davom etishi kerak. Rejaga ko‘ra, qurilma Mars orbitasiga 2021 yilda yetib boradi.
BAA federal fazoviy agentligi 2014 yilda tashkil etilgan edi. O‘shanda mamlakat hukumati, arab davlatlari orasida birinchi bo‘lib Marsga kosmik zondni yuborish rejasini bildirgandi.
Dastur maqsadi Mars iqlimi va atmosferasi haqidagi bilimni kengaytirishdan iborat. To‘plangan va Yerga yuboriladigan ma'lumotlar hajmi 1 terabaytni tashkil etadi. Loyihada 70 nafar mahalliy olim va muhandislar faoliyat yuritadi. 2020 yilga kelib ularning soni 150 nafarga yetadi.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
20:43 / 11.05.2025