Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Johnson & Johnson Shveytsariya farmatsevtika kompaniyasini 30 mlrd dollarga xarid qiladi
Amerikaning biotexnologiya kompaniyasi Johnson & Johnson Shveytsariyaning Actelion Pharmaceuticals farmatsevtika kompaniyasini 30 mlrd dollarga xarid qilishga kelishib oldi. Bu haqda Johnson & Johnson xabarida so‘z yuritilgan. Mazkur bitim ikki kompaniya direktorlar kengashi tomonidan ma'qullangan. Bitimning moliyaviy ijrosi 2017 yil birinchi choragida yakunlanishiga umid qilinmoqda. Shunday qilib, Johnson & Johnson Actelion kompaniyasining har bir aksiyasiga 280 dollardan to‘laydi.
Bitim Actelion kompaniyasining kam uchraydigan kasalliklarni davolash sohasiga doir texnologiyalarini qo‘lga kiritish maqsadida amalga oshirilgan. Moliyaviy majburiyat amalga oshirilgach, Actelion ushbu sohada alohida R&D NewCo nomli yangi bo‘linmani tashkil etadi. Unda Johnson & Johnson 32 foizgacha yetkazish imkoniyatini saqlab qolgan holda 16 foiz hissaga ega bo‘ladi.
1886 yilda asos solingan Johnson & Johnson kompaniyasi dunyodagi eng yirik kosmetika va sanitar-gigiyena mahsulotlari, tibbiy uskunalar ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. U Fortune jurnalining eng yirik kompaniyalar reytingi – Fortune 500 ro‘yxatida 37-raqamda belgilangan.
Mavzuga oid
15:12 / 15.05.2025
Yevrokomissiya Pfizer bilan vaksinalar bo‘yicha yozishmalar ishida yutqazdi
16:46 / 02.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston Xitoyga dori-darmon xomashyosi eksporti bo‘yicha yetakchilar qatoriga kirdi
21:39 / 22.04.2025
Dori vositalarining ruxsat etilgan maksimal narxlari qayta ko‘rib chiqiladi
14:08 / 10.04.2025