O‘zbekiston | 19:25 / 26.01.2017
40241
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari ma'lum qilindi

26 yanvar kuni poytaxtdagi "International Hotel Tashkent" mehmonxonasida mediahaftalikning navbatdagi yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi loyihasiga doir keng jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi. 4-yo‘nalish: Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri  o‘rinbosari, Mehnat vazirligi eksperti, Oliy Majlis Senati qo‘mita raisi, Qonunchilik palatasi deputati, Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri, "Davlatarxitektqurilish" qo‘mitasi raisi o‘rinbosari hamda Moliya vaziri o‘rinbosari qatnashishdi.

Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

1. Oylik va maoshlar, pensiya va ijtimoiy nafaqalarning bosqichma-bosqich oshib borilishi;
2. Aholi bandligini oshirishning samarali usullari;
3. Aholini arzon va zamonaviy uy-joylar bilan ta'minlash;
4. Aholining yashash sharoitini yaxshilash;
5. Ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiya qilish;
6. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimi;
7. Ta'lim va fan sohasini rivojlantirish;
8. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish.

Mavzuga oid