Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Janubiy Koreyaga Apache vertolyotlarini yetkazib berishni yakunladi
Koreya respublikasi mamlakatda Amerikada ishlab chiqilgan 36 ta modernizatsiyalashgan Apache vertolyotlarini joylashtirdi. Bu haqda Koreya milliy mudofaa vazirligi xabar qildi.
"1,6 mlrd dollarlik 36 dona AH-64E vertolyotini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma 2013 yilda imzolangan edi. Shartnoma bajarildi, mashinalar qo‘shinlar ixtiyoriga yuborildi", - deyiladi vazirlik xabarida. Ma'lumotlarga ko‘ra, endilikda, Janubiy Koreyada jami 84 dona Apache vertolyoti mavjud.
Xabar qilinishicha, AQSh fevral oyi boshlarida Koreyadagi harbiy bazasida 24ta AH-64D zarba beruvchi vertolyotni joylashtiradi.
Apache vertolyotlari birinchi navbatda tanklar va boshqa zirxli texnikalarga qarshi kurashga mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025