Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning BMTdagi vakili ko‘proq emas, aqlliroq ishlashni maqsad qildi
AQSh Birlashgan millatlar tashkilotida (BMT) aqlliroq ishlab, o‘z qadr-qimmati va qudratini namoyon etish niyatida. Bu haqida mamlakatning BMT qoshidagi doimiy vakili Nikki Heyli butun jahon tashkilotining shtab-kvartirasiga tashrifi davomida ma'lum qildi. RIA Novosti shu haqida xabar berdi.
Juma kuni Heyli BMT bosh kotibiga ishonch yorlig‘ini topshirdi.
"O‘zgarishlarni bizning olib boradigan ishlarimizdan bilib olasiz. Gap ko‘proq emas, aqlliroq ishlash haqida ketmoqda", - dedi Heyli jurnalistlarga.
"Ma'muriyatimiz maqsadi — BMTda qadriyatlarimizni ko‘rsatish - bu qudratimiz, ovozimizni ko‘rsatish hamda ittifoqdoshlarning qo‘llab-quvvatlashiga ega bo‘lish demakdir. Shuningdek biz ham ularni qo‘llab-quvvatlashimiz lozim. Bizni qo‘llamaydiganlarni esa to‘g‘ri chaqiramiz", - qo‘shimcha qildi Heyli.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025