Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Tojikistonning «Somon Eyr» aviakompaniyasi parvozlariga cheklovlarni bekor qiladi
Rossiya va Tojikiston "Somon Eyr" aviakompaniyasining RF mintaqalariga havo parvozlarini amalga oshirishga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlashga qaror qildi. Bu haqda Tojikiston transport vaziri o‘rinbosari Sherali Ganjalzoda jurnalistlarga ma'lum qilgan. Rossiya-Tojikiston savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining majlisidan so‘ng, shunday qarorga kelingan.
Bunda Rossiyaning Jukovskiy aeroportidan parvozlar paritetga muvofiq amalga oshiriladi.
""Somon Eyr" aviakompaniyasining Krasnoyarsk, Krasnodar, Ufa va Orenburg shaharlariga parvozlarni qayta boshlashga kelishib oldik, - degan Ganjalzoda. – Jukovskiy aeroportidan parvozlar paritet asosida amalga oshiriladi. "Tajik Eyr" davlat kompaniyasi ushbu aeroportdan qatnovlarni yo‘lga qo‘yishga ruxsat oldi".
Vazir o‘rinbosarining aytishicha, "Yamal" aviakompaniyasining Jukovskiydan Tojikistonga parvozini to‘xtatish qarori yozgi mavsumgacha amal qiladi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025