Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilida hojatxona qog‘ozi ishlab chiqaruvchisi har bir bolaga 10 dollardan to‘lab beradi
Chilining CMPC yog‘och kompaniyasi mamlakatdagi barcha voyaga yetmagan shaxslarga tovon puli to‘lab beradi. Bu uning raqobatchi SCA kompaniyasi bilan o‘zi tomonidan ishlab chiqariluvchi hojatxona qog‘ozi narxi yuzasidan til biriktirgani sabab yuz beradi. Bu haqda 24 Horas portali xabar berdi.
Uning ma'lumotiga ko‘ra, chililik iste'molchilar CMPC’ning SCA bilan til biriktirgani tufayli 2000-2011 yillarda bu birinchi navbatda kerakli bo‘ladigan narsa uchun belgilanganidan ko‘proq pul to‘lashgan. Endilikda CMPC 18 yoshdan kichik bo‘lgan barcha chililiklarga taxminan 10 AQSh dollaridan to‘lab beradi.
Tovon pulining umumiy miqdorida 150 million dollarni tashkil etadi, deb aniqlik kiritdi portal. To‘lov uch bosqichda amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
20:13 / 02.05.2025
Argentina sohillarida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
16:02 / 04.04.2025
Xonanda Anvar G‘aniyev mualliflik huquqini buzgani ma’lum bo‘ldi
08:30 / 26.03.2025
Xato tufayli o‘limga hukm qilingan yaponiyalik chol rekord miqdorda tovon puli oldi
14:14 / 26.02.2025