Jahon | 00:43 / 28.01.2017
7918
2 daqiqa o‘qiladi

Daniya dunyodagi ilk "raqamli elchi"sini tayinlaydi

Daniya hukumati dunyo miqyosida birinchi marta "raqamli elchi" lavozimini joriy etishga qaror qildi. U Apple va Google kabi yirik AT-kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi. Bu haqida Politiken gazetasiga mamlakat TIV rahbari Anders Samuelsen xabar berdi. 

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, elchi Amerikaning eng yirik tashkilotlari bilan mamlakat hukumati nomidan diplomatik munosabatlar o‘rnatadi. "Bunday kompaniyalar yangi millat sifatida kirib kelmoqda va biz bunga munosabat bildirishimiz kerak", - dedi Samuelsen. Raqamli elchi lavozimiga nomzodlarning nomlariga oid ma'lumot berilmadi. 

Samuelsenning so‘zlariga ko‘ra, AT-kompaniyalarning bozor qiymati dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari hajmiga yaqinlashmoqda. "Bizga ta'sir o‘tkazuvchi kompaniyalar bilan yanada uzviy aloqalar o‘rnatishimiz lozim", - dedi vazir. 

Hukumatlar va xorijiy kompaniyalar o‘zaro hamkorligiga misol sifatida Samuelsen Facebook'ning Odenseda yangi ma'lumotlar markazi qurilishi to‘g‘risidagi qarorini keltirdi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ushbu bitim uch yillik mehnat samarasidir. 

Mavzuga oid