Hindiston elchisi: "Hukumatning yaqin 5 yil ichidagi maqsadlarni xalq bilan ochiq muhokama qilishi quvonarli holat"

27 yanvar kuni "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi" loyihasiga bag‘ishlangan mediahaftalikning so‘nggi kunida yurtimizda faoliyat olib borayotgan elchixona vakillari ham ishtirok etishdi. Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Kun.uz o‘quvchilari bilan mazkur haftalik haqida o‘z taassurotlari va fikr-mulohazalari haqida bo‘lishdi.
Vinod Kumar, Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi:
"Ushbu anjumanda ishtirok etayotganimdan behad mamnunman. Fikrimcha, bu yerda juda ham ochiq va erkin muhokamalar bo‘lib o‘tmoqda. Nafaqat hukumat vakillari, balki Oliy Majlis xodimlari, xorijlik ekspertlar, shuningdek, universitet talabalari va OAVning ham ishtirok etayotgani quvonarli holdir. Moderatorlar ham asosiy yo‘nalishlar bilan yaxshi tanishtirishdi.
Anjumanning besh kun mobaynida tashkil etilganini ijobiy baholayman. Bu esa insonlarni to‘g‘ri va erkin yo‘naltirishga imkon beradi. Haftalikda faqatgina ochiq muhokamalar emas, turli viloyatlardagi insonlar bilan onlayn muloqotlarning tashkil etilishi O‘zbekiston kelajagida katta rol o‘ynaydi.
Bugungi kunda yurtingizda xorijiy mamlakatlar, diplomatik korpus vakillari bilan mustahkam aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Tadbirga diplomatlar, xorijlik mehmonlar va hukumat idoralari vakillarining tashrif buyurishi, ularning xalq bilan muloqotga chiqishi kelgusi besh yil ichida amalga oshiriladigan ishlarni muhokama qilishda o‘z samarasini beradi. O‘zbekiston - mehmondo‘st mamlakat. Biz ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiyot va boshqa sohalardagi do‘stona aloqalar yanada mustahkamlanib borishiga umid qilamiz".
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
Mavzuga oid

21:16 / 27.01.2017
O‘zbekiston Respublikasining bir qator hujjatlari zamon talabidan kelib chiqib qayta ishlanadi

18:18 / 27.01.2017
Harakatlar strategiyasi doirasida Xalqaro davra suhbati o‘tkazildi

17:19 / 27.01.2017
O‘zbekistonda tashqi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan ikki yo‘l xaritasi yaratiladi

16:55 / 27.01.2017