Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
300 mingdan ko‘proq britaniyalik Trampning Buyuk Britaniyaga kelishiga qarshi petitsiyani imzoladi
29 yanvarda 300 mingdan ko‘proq britaniyalik AQSh prezidenti Donald Trampning Buyuk Britaniyaga amaliy tashrifiga qarshi onlayn-petitsiyani imzoladi. Shu tariqa endi bu arznoma mamlakat parlamentining quyi palatasida ko‘rib chiqilishi mumkin.
"Donald Trampning Birlashgan Qirollikka davlat tashrifiga yo‘l qo‘ymaslik" deb nomlangan petitsiyani Grem Gest ismli shaxs 29 yanvarda joylashtirgan. Bir necha soat ichida petitsiya 100 ming imzo to‘plagan va bu quyi palatani unda ko‘tarilgan masalani ko‘rib chiqishga qabul qilishga majbur qiladi.
Arznoma matnida "Donald Trampga Buyuk Britaniyaga AQSh ma'muriyati rahbari sifatida kirish mumkinligi, biroq u rasmiy davlat tashrifi bilan taklif qilinishi kerakmasligi" ko‘rsatilgan.
"Donald Tramp musulmonlarga nisbatan taqiqlov, qochqinlar va ayollar huquqlariga qarshi gaplari bilan bizning umumiy qadriyatlarimizni haqoratlayotgan bir paytda u Buyuk Britaniyaga taklif qilinmasligi kerak. Tereza Mey agar bu davlat tashrifini bekor qilmasa va Trampning harakatlarini qoralamasa britan xalqini ranjitgan bo‘ladi. Bu Buyuk Britaniya loyiq bo‘lgan va istayotgan narsadir", deb yozgan Buyuk Britaniyada muxolif hisoblanuvchi Leyboristlar partiyasi yetakchisi Jyeremi Korbin o‘zining "feysbuk"dagi sahifasida hamda tarafdorlarini petitsiyani imzolashga chaqirgan.
27 yanvarda Meyning AQShga tashrifi vaqtida Tramp qirolicha Yelizaveta II taklifi bilan joriy yilda Buyuk Britaniyaga kelishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025