Fan-texnika | 09:04 / 29.01.2017
6403
2 daqiqa o‘qiladi

Google Tramp farmoni sababli xodimlariga AQShga qaytishni tavsiya qildi

Google internet-giganti rahbariyati boshqa davlatlarda bo‘lgan ba'zi xodimlariga AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan migratsiya siyosati kuchaytirilishi haqidagi farmonning imzolanishi sababli zudlik bilan AQShga qaytishni tavsiya qildi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda. 

Axborot agentligi jurnalistlari Google bosh direktori Sundar Pichai xodimlar orasida tarqatgan ogohlantirish bilan tanishib chiqdilar. Agentlikning ta'kidlashicha, hujjatdan kompaniyaning 100 dan ko‘proq xodimi bir qator musulmon davlatlari fuqarolariga AQShga kirishni murakkablashtiruvchi, Tramp tomonidan imzolangan farmonning u yoki bu darajada ta'siri ostiga tushishlari kelib chiqadi. Bu mutaxassislar AQSh fuqaroligiga ega bo‘lmagan va AQShda bo‘lish uchun viza olishlari kerak bo‘lgan xodimlardir. Google’da ular xizmat safari yoki ta'tillardan AQShga qaytishda muammolarga duch kelishlari mumkin, deb hisoblanmoqda.

"Bu farmon uchun hamkasblarimiz to‘layotgan haqni ko‘rish og‘riqlidir. Biz immigratsiya masalalari bo‘yicha qanday qarashlarga egaligimizni ochiqchasiga aytganmiz va bunday qilishni davom ettiramiz", deb izoh bergan bu vaziyatga Pichai. Axborot agentligining ta'kidlashicha, Google AQShning ko‘plab muhojirlar ishlaydigan kompaniyalaridan biri hisoblanadi.  

Mavzuga oid