Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hillari Klinton migratsiya siyosatiga qarshi chiqayotganlarni qo‘llab-quvvatladi
AQSh prezidentligiga Demokratik partiyadan sobiq nomzod Hillari Klinton mamlakatda migratsiya siyosatini keskinlashtirishga qarshi norozilik bildirayotganlarni qo‘llab-quvvatladi. U Twitter mikrobloglari sahifasida shunday xabarni qoldirdi.
"Men qadriyatlarimiz va konstitutsiyamizni himoya qilish maqsadida bugun mamlakat bo‘ylab to‘plangan insonlarni qo‘llab-quvvatlayman. Biz aslimizga mos kelmayapmiz", - deyiladi Klinton xabarida.
Kuni kecha, Amerikaning qator shaharlarida AQSh migratsiya siyosatini qat'iylashtirishga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Nyu Yorkning Jon Kennedi aeroportidagi namoyishda mingga yaqin inson qatnashdi. Bir necha yuzlab kishilar Amerikaning Denver (Kolorado shtati), Chikago (Illinoys shtati) va Vashington shaharlaridagi aeroportlarda norozilik aksiyalarini o‘tkazishdi. Namoyishchilardan ayrimlarining qo‘llarida "qochqinlarni kiriting", "vizasi borlarga ruxsat bering", "Trampga uyat" va boshqa shu kabi so‘zlar bitilgan plakatlar bor edi.
So‘nggi kunlarda, Donald Tramp immigratsiya siyosatini kuchaytirishga qaratilgan qator farmonlar imzoladi. Xususan, shunday farmondan biriga ko‘ra, asosiy aholisi musulmonlardan iborat bo‘lgan mamlakatlar fuqarolariga 90 kunga AQShga kirish taqiqlandi. Biroq, hujjatda qaysi mamlakatlar haqida gap borayotganiga oydinlik kiritilmagan bo‘lsa-da, Amerika OAV bular Iroq, Eron, Suriya, Sudan, Yaman, Liviya va Somali mamlakatlari ekanini ma'lum qildi.
Shu bilan birga, Amerika ma'muriyati rahbari qochqinlarni AQShda joylashtirish dasturini 120 kunga to‘xtatish, shundan so‘ng, yil davomida atigi 50 mingdan ko‘p bo‘lmagan qochqinni joylashtirishga ko‘rsatma bergan edi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025