Jahon | 12:29 / 29.01.2017
8750
2 daqiqa o‘qiladi

Malika Diananing o‘g‘illari uning haykali o‘rnatiladigan joyni aniqlab berishdi

Marhum britan malikasi Diana o‘limining 20 yilligiga 2017 yil oxirida Londonda uning haykali paydo bo‘ladi. Bu haqdagi xabar 28 yanvarda ingliz qirollik saroyining Instagram’dagi rasmiy saytida joylashtirildi.

Haykal uchun joy sifatida Kensington saroyi tanlandi. Haykal malikaning o‘g‘illari – shahzodalar Uilyam va Garrining iltimosiga ko‘ra shu yerga o‘rnatiladi. "Onamizning o‘limidan 20 yil o‘tdi va uning haykalini o‘rnatib, onamiz Buyuk Britaniya va butun dunyo uchun ijobiy ta'sir qilganini tan olish vaqti keldi", deb aytdi Garri.

Haykalni o‘rnatish uchun mablag‘ xususiy mablag‘lar hisobiga yig‘ilgan. Shahzodalar ko‘rsatmasiga ko‘ra, haykaltarosh va loyihani tanlaydigan hamda haykalni o‘rnatish bo‘yicha ishlarni nazorat qiladigan 6 kishidan iborat komissiya tuzildi.

2016 yil dekabrida Diana haykali 2017 yilda Londonning Trafalgar maydonida paydo bo‘lishi mumkinligi ma'lum bo‘lgandi. 

Diana qirolicha Yelizaveta II’ning to‘ng‘ich o‘g‘li shahzoda Charlzning birinchi rafiqasi bo‘lgan. Malika 1997 yil 31 avgustda Parijdagi avtohalokatda vafot etgan. Malika ketayotgan mashinani paparatstsi taqib qilgan. O‘sha mash'um voqea sodir bo‘lganda Diananing o‘g‘illari 15 va 12 yoshda bo‘lganlar.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid