Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroillik tish shifokori smartfonga mo‘ljallangan uchar qoplama o‘ylab topdi
"Xegay Klyayn" dron-qoplamasi ommabop smartfonlarga prototip sifatida yaratildi. Uni iPhone yoki Android-smartfonlarga mahkamlab qo‘ygan holda kichik dronni olib yurish mumkin. Qoplama smartfonni balandlikka ko‘tara olmaydi, biroq mustaqil ravishda uchishi mumkin. Shuningdek u suratlar olib, balandlikdan FullHD-videoni ham tasvirga tushirishi mumkin. Gadjyet 8-megapikselli kamera bilan jihozlangan bo‘lib, mobil ilova orqali boshqariladi. Olingan suratlar hamda video smartfonga real vaqt rejimida uzatiladi.
Yangilik Kickstarter saytida bir necha kun avval taqdim etildi hamda 1500 foydalanuvchidan 140 ming dollarni yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Mualliflar avvaliga 125 ming dollar so‘rashgandi, shuning uchun pul mablag‘larini yig‘ish bo‘yicha kampaniya omadli o‘tdi, deb hisoblash mumkin.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
11:57 / 08.05.2025