Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Nasaf»ning OChL o‘tish o‘yinidagi raqibi bosh murabbiyi qarshiliklar jamoasini «mensimayapti»
Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri o‘tish bosqichida «Nasaf» jamoasi Bahraynning «Al-Hidd» klubiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur o‘yin oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida «Al-Hidd» bosh murabbiyi Muhammad Al-Shamlan va himoyachi Sayid Muhammad Adnan o‘z fikrlari bildirib o‘tdi.
«Avvalo O‘zbekistonga tashrif buyurganimdan va bu yerdagi mehmondorchilikdan mamnunman. Tashkilotchilarga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. O‘yin biz uchun juda muhim sanaladi. Mening jamoaga kelganimga atigi 3 hafta bo‘ldi. «Nasaf» o‘yinlarini tahlil qildik, ular OChLda katta tajribaga ega ekanini ham bilamiz. O‘zbekistonda mavsum boshlanmadi va bu bizga kichik ustunlik beradi, degani emas. Raqibni hurmat qilamiz, ammo biz o‘z kuchimizga ishonamiz. Bizda maqsad bor va keyingi bosqichga chiqishga harakat qilamiz. «Nasaf»ni yutish biz uchun sensatsiya bo‘lmaydi. «Al-Hidd» ham saviyali va tajribali jamoa. Raqib tarkibidagi singari bizda kuchli futbolchilar bor», – dedi Muhammad Al-Shamlan.
«Murabbiy aytilishi kerak bo‘lgan barcha gaplarni aytdi. Men hech qanday qo‘shimcha qilmayman. Nima uchun kelganimizni ertaga maydonda ko‘rsatamiz», – dedi Sayid Muhammad Adnan.
«Nasaf» – «Al-Hidd» uchrashuvi 31 yanvar kuni Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida soat 16:00da boshlanadi.
Ro‘ziqul Berdiyev «Nasaf»ning OChL guruh bosqichiga o‘tish o‘yinidagi raqibi kuchiga baho berdi
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:19 / 04.03.2025
Elit OChL. «Paxtakor» nimchorakfinal dastlabki o‘yinida «Al Hilol»ni mag‘lub etdi
21:13 / 17.02.2025
Elit OChL. «Paxtakor» Riaskosning dubli evaziga «As Sadd»ni mag‘lub etib, pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi
17:54 / 01.11.2024