Jamiyat | 08:29 / 30.01.2017
19500
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Limpopoda 18ta och sher avtomobil yo‘li o‘rtasida “ziyofat” uyushtirdi

JARlik avtomobil haydovchilari noodatiy vaziyatni videoga tushirishdi: sherlar to‘dasi mamlakat shimoli-sharqidagi yo‘llardan birini to‘sib qo‘yib, bir necha soat davomida o‘ldirilgan buqani yeyish bilan mashg‘ul bo‘lishdi.

Daily Mail nashri ma'lumotiga ko‘ra, hodisa Limpopo viloyatidagi Kryuger milliy bog‘ida sodir bo‘lgan. Guvohlarning aniqlik kiritishicha, 18ta och sher o‘ldirilgan jonivor go‘shtini avtotrassaning o‘zida bo‘lish bilan ovora bo‘lishdi. Bu esa katta tirbandlikka olib kelgan.

Xabarga ko‘ra, “bazmi jamshid” bir necha soatga cho‘zilib ketdi. Shu bilan bir qatorda, yirtqich jonivorlar mashinadan chiqishga jur'at qilgan haydovchilarga e'tibor ham berishmagan.

Mavzuga oid