Sport | 12:43 / 30.01.2017
15651
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Ronaldu o‘yin vaqtida «Real» muxlislarini haqorat qildi

Ispaniya chempionatining 20-turida «Real»ning «Real Sosedad»ga qarshi o‘yinida klubi muxlislari o‘z futbolchilarini iliq kutib olmadi.

AS xabariga ko‘ra, o‘yindan oldin, stadion suxandoni tarkibni e'lon qilayotgan paytda, Krishtianu Ronalduning ismi tilga olinganida mahalliy muxlislar ommaviy hushtakbozlik qilishgan. Bundan tashqari, ularning nafratomuz baqiriqlari Karim Benzema va Daniloga nisbatan ham ishlatilgan.

O‘yinning 23-daqiqasida esa Ronaldu to‘pni yo‘qotgan vaziyatda «Real» muxlislari hushtakbozlik uyushtirishgan. Futbolchi esa ularga qarab, «ablahlar» degan so‘zni ishlatgani ko‘rinadigan video paydo bo‘ldi.

«Real» ushbu o‘yinda 3:0 hisobida g‘alaba qozondi, Ronaldu esa gollardan biriga mualliflik qilib, yana bir golga uzatma berdi.

Mavzuga oid