Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mart oyida Toshkentda qurilish va interer bo‘yicha ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi
1-3 mart kunlari Toshkent shahrida 18 marotaba O‘zbekistonning qurilish va interer bo‘yicha eng muhim ko‘rgazmasi - UzBuild 2017 bo‘lib o‘tadi.
Har yili ekspozitsiya quyidagi bo‘limlarda mahsulot va xizmatlarni taqdim etadi: Qurilish materiallari; Interer va dizayn; Arxitektur va manzarali nur; Elektrika; Derazalar, Eshiklar, Fasadlar; Keramika va pardozlash toshlari; Asboblar va Mahkamlash materiallari, maxsus bo‘lim – BuildTech, hamda ko‘rgazmaning yangi bo‘limi – Ko‘chmas mulk.
Mavzuni to‘liq va batafsil taqdim etish maqsadida asosiy qurilish namoyishi bilan bir vaqtda Mebel sanoati va ishlab chiqarish texnologiyalarining yagona Xalqaro ko‘rgazmasi – MebelExpo Uzbekistan, hamda Aqua-Therm Tashkent o‘tkaziladi, ulardagi bo‘limlar: Isitish, Havoni tozalash, Sun'iy iqlim hosil qilish, Suv ta'minoti, Santexnika, Sun'iy hovuzlar, Atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha texnologiyalar va Qayta tiklanuvchi energiya manbalari.
O‘tgan yili ekspozitsiya doirasida jahonning 24 mamlakatining 285ta kompaniyasi taqdimotlari o‘tkazilgandi. Ko‘rgazmada xorijiy ishtirokchilar ulushi 70 foizni, mahalliy kompaniyalar ulushi esa 30 foizni tashkil etdi. Ko‘rgazmalarga dunyoning 26 mamlakatidan 11 781 nafar mutaxassis tashrif buyurgandi.
O‘zbekistonning qurilish bozorida o‘zini tanitish istagida bo‘layotganlar soni yildan yilga oshib bormoqda. Bugungi kunda o‘z ishtiroklari haqida dunyoning 20 mamlakatini 300dan ortiq kompaniyalari e'lon qildilar. Germaniya va Birlashgan Arab Amirliklari eksponentlari o‘zlarining milliy guruhlarini taqdim etadi.
Tadbirlar tashkilotchilari- ITE Uzbekistan ko‘rgazmalar kompaniyasi va uning ITE kompaniyalariguruhidagi hamkorlari. O‘zbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish bo‘yicha davlat qo‘mitasi, «O‘zqurilishmateriallari» Aktsiyadorlik kompaniyasi, «O‘zkommunxizmat» agentligi an'anaviy tarzda rasmiy ko‘mak ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
09:38 / 26.04.2025
Eco Expo Central Asia: Toshkentda ilk bor ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
11:34 / 19.03.2025
Olmaotada O‘rol Tansiqboyev asarlarining ko‘rgazmasi ochildi
12:47 / 17.03.2025
O‘zbekiston xalq rassomi O‘rol Tansiqboyevning asarlari Olmaotada namoyish etiladi
17:40 / 03.12.2024