Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama Trampga qarshi noroziliklarni qo‘llab-quvvatladi
10 kun avval iste'foga ketgan AQShning sobiq prezidenti Barak Obama o‘zining vorisi Donald Trampga qarshi noroziliklarni qo‘llab-quvvatladi va "o‘rtaga amerika qadriyatlari qo‘yilganini" aytdi. U, shuningdek, AQShni terrorchilikdan himoya qilish farmoni bo‘yicha Tramp bilan ziddiyatlar borligi haqida eslab o‘tdi.
"Prezident Obama butun mamlakat bo‘ylab jamiyatning ishtiroki darajasidan mamnun. Saylangan amaldorlar ularning ovozlarini eshitishlari uchun jamlanish, tashkillashtirish va erishish kabi o‘z konstitutsion huquqlarini amalga oshirayotgan fuqarolar – Obama o‘rtaga amerika qadriyatlari qo‘yilgan vaqtda ulardan kutayotgan narsadir", deb aytdi Obamaning vakili.
"Obamaning tashqi siyosat bo‘yicha qarorlari bilan qiyoslashga kelsak, siz eshitganingizdek, prezident Obama shaxslarga nisbatan ularning e'tiqodi yoki din sababli tahqirlash o‘tkazish taklifiga tubdan qarshidir", deb qo‘shimcha qildi Obama vakili.
Mavzuga oid
09:59 / 07.11.2024
Sobiq prezident Obama Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
15:50 / 21.08.2024
«Bu kinoni oldin ham ko‘rganmiz». Obama Trampning ikkinchi muddati xavfidan ogohlantirdi
14:59 / 26.07.2024
Barak Obama saylovda Kamala Harrisni qo‘llashini ma’lum qildi
09:34 / 19.07.2024