Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple smartfonlar savdosi bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqib oldi

Strategy Analytics hisob-kitoblariga ko‘ra, 2016 yil 4-choragida Apple smartfonlar savdosi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi, unga bozorning 17,8 foizi tegishli bo‘lgan. Samsung’ning hissasiga bozorning 17,7 foizi to‘g‘ri kelgan. Umuman olganda, oxirgi 3 oy ichida smartfonlar savdosi 9 foizga oshib, 438,7 mln qurilmani tashkil qilgan.
2016 yil davomida umumiy hisobda 1,488 mlrd dona smartfon sotilgan va yil yakunlariga ko‘ra, Samsung bozordagi yetakchilikni saqlab qolgan, uning ulushi 20,8 foizni, Apple’niki 14,5 foizni tashkil qilgan.
2016 yil 4-choragiga ko‘ra smartfonlar bozori yetakchilari
1. Apple (AQSh) — 78,3 mln dona
2. Samsung (Janubiy Koreya) — 77,5 mln dona
3. Huawei (Xitoy) — 44,9 mln dona
4. OPPO (Xitoy) — 29,5 mln dona
5. Vivo (Xitoy) — 25,6 mln dona
Mavzuga oid

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi

09:03 / 21.04.2025