Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippin adliya vaziri jinoyatchilarni odam deb hisoblashdan bosh tortdi
Filippin adliya vaziri Vitaliano Agirre huquq himoyachilarining mamlakat politsiyasini insoniyatga qarshi jinoyat sodir etayotganlikdagi ayblovini rad etdi va jinoyatchilarni odam deb hisoblab bo‘lmasligini aytdi. Bu haqda "Frans Press" axborot agentligi xabar bermoqda.
Amnesty International huquqni himoya qilish tashkiloti Filippinning giyohvandfurushlikka qarshi kurash doirasida himoyasiz odamlarni o‘ldirish bo‘yicha pozitsiyasini qoralagan va bu qotilliklar insoniyatga qarshi jinoyatlar hisoblanishini aytgan.
"Jinoyatchilar, narkobaronlar, narkodilerlar – odam emas. Insoniyat emas", deb aytgan Agirre. "Boshqacha aytganda, siz bu narkobaronlar, giyohvandlar, giyohvand modda tarqatuvchilar bilan kurashayotganingizda qanaqasiga boshqacha bo‘lishi mumkin? Siz ularni odam deb hisoblaysizmi? Men – yo‘q", deb qo‘shimcha qilgan vazir.
BMT ma'lumotlariga ko‘ra, Filippin prezidenti Rodrigo Duterte hokimiyat tepasiga 2016 yil 30 iyunda kelgandan beri mamlakatda giyohvanfurushlikka aloqador bo‘lgan 6 mingdan ko‘proq odam o‘ldirilgan. Dunyo hamjamiyati Filippin hukumatining bunday kurash choralarini bir necha bor tanqid qilgan.
Mavzuga oid
18:35 / 13.05.2025
Xalqaro jinoiy sud orderi bilan hibsga olingan Filippin sobiq prezidenti mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi
01:24 / 02.05.2025
Filippinda yuz bergan YTHda 10 kishi halok bo‘ldi
22:58 / 27.04.2025
Xitoy Filippin yaqinidagi bahsli kimsasiz orolni egallab oldi
22:37 / 08.04.2025