Jamiyat | 17:37 / 01.02.2017
5371
2 daqiqa o‘qiladi

Indoneziya soxta yangiliklarni tarqatishga qarshi fatvo berishi kutilmoqda

Foto: Reuters

Indoneziya ulamolar kengashi yaqin orada soxta yangiliklarni tarqatishga qarshi fatvo berishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi

"Biz imkon qadar tezroq fatvo beramiz, chunki vaziyat xavotirli, - deydi kengash raisi Ma'ruf Amin. - Umid qilamizki, hech bo‘lmaganda musulmonlar soxta xabarlarni tarqatishmaydi". 

Ulamolar kengashi mo‘'tadil pozitsiya tutgan. Uning qarorlari yuridik jihatdan majburiy hisoblanmaydi, biroq qoidaga ko‘ra, bu ma'lum bir musulmonlar tomonidan buyruq sifatida qabul qilinadi. 

Fatvoga mamlakat poytaxti Jakarta gubernatori — Basuki Tjaxaji Purnami (xristian diniga e'tiqod qiladi) atrofida yuzaga kelgan vaziyat sabab bo‘lgan. Mana uch oydirki, unga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda. Bunga gubernatorning noma'lum raqiblari tomonidan tarqatilgan videosi sabab bo‘lgan - bir qarashda oddiy videoga yolg‘on ayblovlar bo‘lgan subtitrlar qo‘yilgan. Xalqning g‘azabini qo‘zg‘ash uchun shuning o‘zi yetarli bo‘ldi. 

Purnamaning ikki raqibi ommaviy noroziliklardan o‘z maqsadlarida foydalandi: ularning ikkisi ham musulmon bo‘lib, 15 fevralda bo‘lib o‘tadigan gubernatorlik saylovlarida lavozim uchun kurash olib bormoqchi. 

Prezident Joko Vidodoning namoyishlarni tinchitishga bo‘lgan urinishlari besamar ketdi. Davlat rahbari ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslikka chaqirdi, hukumat vakillari esa muammo yechimini topish maqsadida hatto Facebook xodimlari bilan ham uchrashuv tashkillashtirishdi.

Mavzuga oid