Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Mening ko‘zlarimni otamga bering. U meni ko‘rib quvonsin!" so‘zlari muallifi Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va uning turmush o‘rtog‘i Amina Erdo‘g‘an surati keng tarqalgan suriyalik qizning oilasini qabul qilishdi. Suratda qiz Bashar Asad rejimi bombardimoni natijasida oyoqlari va ko‘rish qobiliyatidan mahrum bo‘lgan otasini quchib tushgan. Anadolu nashri shu haqida xabar berdi.
Anqaradagi Prezident qarorgohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ko‘zyoshining opasi - Sidra hamda otasi Mahmud Xalif Nosir ishtirok etishdi.
Suhbat davomida prezident oilasi bolalarga sovg‘alar ulashdi.
27 yoshli Mahmud Xalif Nosir bombardimondan keyin oyoqlari, o‘ng qo‘lidagi barmoqlari va ko‘rish qobiliyatidan mahrum bo‘ldi.
Ko‘zyoshining "Mening ko‘zlarimni otamga bering. U meni ko‘rib quvonsin!" degan so‘zlari Turkiya jamiyatida katta muhokamaga sabab bo‘ldi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025