Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA: Egizaklarning biri Yerda qoldi, ikkinchisi esa - samoda
Yaqinda inson parvozi tarixidagi eng qiziq kosmik tadqiqotlardan birining natijalari e'lon qilindi. NASA shu haqida xabar berdi.
Skott va Mark Kelli — bir-biriga o‘xshash egizak aka-ukalar hamda astronavtlar bo‘lib, ular ajoyib tajribada qatnashishdi: Skott xalqaro kosmik stansiyada (XKS) boshqa kosmonavtlar bilan birga 340 sutkaga samoga parvoz qildi, Mark esa Yerda qoldi.
Twin Study nomli loyiha uzoq kosmik parvozlarning inson salomatligiga ta'sirini o‘rganish uchun yo‘lga qo‘yildi. Bir xil gen asosga ega aka-ukalar olimlarga juda ko‘p tibbiy ma'lumotlar taqdim etishdi, ular yaqin kelajakda o‘rganib chiqiladi. Biroq hozirning o‘zidayoq ba'zi qiziq detallar paydo bo‘ldi.
Inson xromosomalarida telomerlar bo‘ladi - ularning uzunligi har yangi hujayra bo‘linishida qisqaradi. Ular cheksiz bo‘lina olmaydi, shu bois qarish omillaridan biri hisoblanadi. Olimlarning aniqlashicha, missiya davomida Skottning telomerlari ukasinikiga nisbatan uzunroq bo‘lgan. Astronavt Yerga tushganida uning telomerlari tezda parvoz oldi holatiga qaytgan.
Shuningdek aka-ukalar DNKsida ham ba'zi tafovutlar aniqlangan, biroq ko‘rsatkichlar biroz vaqtdan so‘ng yana avvalgi holatiga qaytgan. Bu nimani anglatishi olimlarga hozircha qorong‘i. NASA boshqa astronavtlar bilan ham tadqiqot o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Egizaklar bilan o‘tkazilgan tadqiqot "egizaklar paradoksi"ni yodga olishga majbur qiladi: nisbiylik nazariyasi doirasida Eynshteyn yorug‘lik tezligiga yaqin tezlikda harakatlanishda vaqt sekinlashishi to‘g‘risidagi xulosaga kelgan. Demak, Skott kosmik kema bortida bir yilni o‘tkazib, yoshargan bo‘lishi mumkin. XKS yorug‘lik tezligida harakatlanmaydi, albatta. Biroq ehtimol tez orada tajriba natijalari insonning qarishiga oid savollarga javob topar.
Mavzuga oid
22:56 / 23.05.2025
Xitoylik taykonavtlar ochiq kosmosda 8 soatlik missiyani amalga oshirdi
01:39 / 17.05.2025
Virgin Galactic kosmosga parvozlar narxini oshiradi
13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi
18:43 / 08.05.2025