Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va O‘zbekiston yadro kontrabandasiga qarshi kurash sohasida hamkorlik qilmoqda
AQSh va O‘zbekiston vakillari yadroviy qurol va boshqa radioaktiv moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoyatchilar tahdidi borasidagi fikrlar bilan o‘rtoqlashish hamda ularning hukumatlari bilan bunday tahdidga qarshi kurashishni muhokama qilish maqsadida 1 fevral kuni Toshkentda uchrashuv o‘tkazdi.
Ushbu muhokama tomonlar 2012 yil mart oyida kelishgan yadro kontrabandasiga qarshi kurash bo‘yicha qo‘shma reja doirasida amalga oshirilayotgan hamkorlikning davomi bo‘lib, u rejada yadro va radioaktiv moddalar kontrabandasiga oid holatlarning oldini olish, aniqlash va kurashishda hukumatlar amalga oshiradigan sa'y-harakatlar o‘z aksini topgan. Uchrashuvda tomonlar ko‘zda tutilgan vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi hamda bu sohadagi kelgusi hamkorlik xususida suhbatlashishdi.
AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi bunday hamkorlik kelgusida kontrabanda bilan shug‘ullanishning oldini olishda yordam beradi, potensial yadro kontrabandachilarini aniqlash va qonuniy ta'qib qilishni ta'minlaydi hamda AQSh, O‘zbekiston va butun dunyo hamjamiyati xavfsizligini mustahkamlaydi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025