Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriyada jamoat joyida paranji kiyib yurganlik uchun jarima kiritish rejalashtirilmoqda
Avstriyaning Yevropa ishlari, integratsiya va tashqi aloqalar vaziri Sebastyan Kurts neytrallik tamoyili deb ataluvchi, respublika koalitsion hukumatining yangi ishchi dasturi bandlaridan birini himoyalab chiqdi. Bu tamoyil paranji yoki hijobning jamoat joylarida kiyishni taqiqlash va ijrochi hukumat xodimlarida tashqi diniy ramzlarning bo‘lmasligini nazarda tutadi. Bu tamoyil integratsiya qonuni doirasida amalga oshirilishi kerak, uni buzganlik uchun 150 yevro miqdorida jarima ko‘zda tutiladi.
Avstriya davlat kotibi Muna Duzdar "neytrallik tamoyili"ni bu qoida nimani anglatishini tushunish va unga ko‘ra maktab va sud zallaridagi devorlarda xoch belgisi osiq turishi mumkinligi borasida aniqlik kiritish maqsadida uni diniy jamoatchilik bilan muhokama qilish kerakligini aytgan.
"Hukumat dasturi muhokamasi vaqtida maktablar va sud zallaridan xochlarni olib tashlash haqida gap bo‘lmagandi", deb aytdi Kurts APA axborot agentligiga. "Bu sohada biz ikki masalani ko‘rib chiqdik: birinchidian, paranji kiyish uchun qonuniy taqiqlov. Ikkinchidan, sudya, prokuror va politsiyachilarda siyosiy yoki diniy ramzlar bo‘lishiga taqiqlov", deb aytgan Kurts. Ayni vaqtda bu sohalar vakillarining boshlarida ro‘mol o‘rab yurishlari muammo hisoblanmaydi, biroq bu faqat vaqt masalasidir, deb aytgan vazir.
Kurtsning aytishicha, koalitsiyada xochlar qolishi kerakligi aytilgan.
Mavzuga oid
14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi
15:25 / 30.04.2025
O‘zbekiston va Avstriya viza tartibini soddalashtirishi mumkin
18:51 / 06.04.2025
Avstriyada sun’iy intellekt universitet talabaligiga qabul qilindi
01:33 / 05.04.2025