Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning yangi qurilayotgan aviatashuvchisiga oid suratlar paydo bo‘ldi
Xitoyning ikkinchi aviatashuvchisini barpo qilish ishlari jadal sur'atlarda davom etmoqda. Buni yig‘ilish joyidan olingan suratlar tasdiqlamoqda.
Internet tarmog‘ida paydo bo‘lgan suratlar Xitoyning ikkinchi aviatashuvchi kemasi — "Shandun" — jadallik bilan barpo qilinayotganini ko‘rsatadi. U Type 001A sifatida ma'lum edi, biroq yaqinda Xitoy televidiyeniyesi unga mamlakat sharqidagi viloyat sharafiga "Shandun" deb nom berilganini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Popular Mechanics.
Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, yangi avianosets Xitoy armiyasi tarkibidagi yagona aviatashuvchi bo‘lgan "Lyaonin"ga juda ham o‘xshashdir. Amerikaning turdosh kemalarida qo‘llaniladigan katapulta usuli o‘rniga tramplin usulidan foydalanish kema konstruksiyasini soddalashtirishga imkon beradi, ammo bu Amerikaning uzoq radiolokatsiya aniqlash samolyotlari E-2D Hawkeye turidagi samolyotlarni uchirishga yo‘l qo‘ymaydi.
Ehtimollarga ko‘ra, kema shu yil suvga tushiriladi. Xitoy armiyasi ikkinchi aviatashuvchisi bortida mamlakatning J-15 rusumli asosiy qiruvchi samolyotlarini joylashtiradi. U Rossiyaning Su-33 qiruvchi samolyotlarining nusxasidir.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025