Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sevimli kuchugi o‘lib qolgach, ruhiy tushkunlikka tushgan «Tottenhem» futbolchisi yurtiga qaytib ketmoqchi
«River Pleyt» va «Tottenhem» Erik Lamelaning transferi bo‘yicha muzokara boshlagan.
Argentina klubi 24 yoshli futbolchini ijaraga olmoqchi. Infobae xabariga ko‘ra, Lamela ruhiy muammolari tufayli vataniga qaytib ketmoqchi.
«Lamelada hissiy inqiroz yuzaga kelgan. U akasi avtohalokatga uchrashi, keyin sevimli kuchugi Simba jon bergach qiyin davrlarni boshdan kechirmoqda», – degan londonliklar jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino.

Lamela bel qismidagi jarohat tufayli «Tottenhem» safida o‘tgan yilning oktabridan buyon o‘ynamayapti. U Rimda davolandi.
Ma'lumot uchun, Lamela «Roma»ga 2011 yilda «River Pleyt» safidan kelib qo‘shilgandi. 2013 yilda esa u Angliyaga yo‘l oldi.
Lamela APLning joriy mavsumida 9 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol urgan va bir golga hammualliflik qilgan.
Mavzuga oid
12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?
18:52 / 01.05.2025
«To‘rt og‘ayni botirlar». Yevropa ligasi yarimfinallari oldidan
11:45 / 27.12.2024