O‘zbekiston | 21:00 / 02.02.2017
71667
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda fevral oyidan boshlab pensiyalar faqat naqd pulda to‘lanadi

O‘zbekistonda fevral oyidan boshlab barcha turdagi pensiya to‘lovlari hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqd pul ko‘rinishda amalga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2 fevralda imzolangan «Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida qayd etilgan. Qaror «O‘zbekiston» telekanali orqali o‘qib eshittirildi.
 
Shuningdek, fevral oyidan boshlab oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiyalarning kamida 50 foizi naqd shaklda berilishi belgilab qo‘yilgan.

Qarorning qabul qilinishiga fuqarolardan kelib tushayotgan ko‘plab murojaatlar asos bo‘lgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid