Fan-texnika | 21:09 / 02.02.2017
5885
2 daqiqa o‘qiladi

Jyenevada Daniyaning Zenvo kompaniyasi superkari namoyish qilinadi

Foto: motor.ru

Daniyaning Zenvo kompaniyasi o‘zining yagona modeli  TS1 superkarining yangi versiyasi premerasi Jyenevadagi motorshouda o‘tishini ma'lum qildi. Autocar portali ma'lumotlariga ko‘ra, superkarning GT modifikatsiyasi firmaning o‘n yilligi sharafiga yaratilgan va 1150 ot kuchiga ega dvigatel olgan. 

Qo‘l usulida yasaluvchi ikki o‘rindiqli TS1 GT karbon kuzov, orqa privod va Zenvo’ning o‘zi yaratgan 5,8 litrli V8 dvigatel bilan jihozlangan. 
 
Standart TS1 motori hajmi 5,9 litrni tashkil qiladi. 

Superkarning oddiy versiyasiga qaraganda GT-versiyasi dvigateli 50 ot kuchiga ko‘proq bo‘lib, mashinaning maksimal tezligi soatiga 402 km dan oshadi. Standart model tezligi soatiga 375 km bilan cheklangan.

"Yubiley" modelning narxi 1 160 000 yevroni tashkil qiladi. Mashina qancha nusxada ishlab chiqarilishi ma'lum qilinmagan. 

Eslatib o‘tamiz, Jyeneva motorshousi 9-19 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Yevropaning eng yirik avtomobil ko‘rgazmasi hisoblanadi. Motorshou bu yili 87 marotaba o‘tkaziladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid